Endi akademik litseyni bitirganlar ham ishga joylashishi mumkin

Hududiy bandlik tuzilmalarini, mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning muvozanatini tanqidiy tahlil qilish asosida, shuningdek, akademik litseylar bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirilishini inobatga olib, kelayotgan o‘quv yiliga qator o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qayta ixtisoslashtiriladi, deb yozmoqda “Qalampir.uz” sayti.
Tasdiqlangan qabul qilish kvotalariga binoan 2017/2018 o‘quv yilida mamlakatimizning akademik litseylari va kasb-hunar kollejlari umumta’lim maktablarining 467 019 nafar bitiruvchisini qabul qiladi. Shu tariqa, umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari respublikamizdagi akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishga to‘liq qamrab olinadi.
Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 1.05.2017 yildagi 251-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida nizom”ga o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida guruhlarni to‘ldirish quyidagicha tabaqalandi: akademik litseylarda — 26 nafargacha, kasb-hunar kollejlarida — 30 nafargacha o‘quvchilar doirasida.
Shuningdek, akademik litseylar bitiruvchilariga diplom bilan birgalikda maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat berilishi belgilandi. Mazkur hujjat lisey yoki kollejni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom bilan bir qatorda OTMga o‘qishga kirish yoki ishga joylashish huquqini beradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Tasdiqlangan qabul qilish kvotalariga binoan 2017/2018 o‘quv yilida mamlakatimizning akademik litseylari va kasb-hunar kollejlari umumta’lim maktablarining 467 019 nafar bitiruvchisini qabul qiladi. Shu tariqa, umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari respublikamizdagi akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishga to‘liq qamrab olinadi.
Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 1.05.2017 yildagi 251-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida nizom”ga o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida guruhlarni to‘ldirish quyidagicha tabaqalandi: akademik litseylarda — 26 nafargacha, kasb-hunar kollejlarida — 30 nafargacha o‘quvchilar doirasida.
Shuningdek, akademik litseylar bitiruvchilariga diplom bilan birgalikda maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat berilishi belgilandi. Mazkur hujjat lisey yoki kollejni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom bilan bir qatorda OTMga o‘qishga kirish yoki ishga joylashish huquqini beradi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…