Islom Karimovning eng yaxshi portreti tanlovi o‘tkaziladi

Islom Karimovning eng yaxshi portreti tanlovi o‘tkaziladi
Joriy yilning 13 may kunidan boshlab O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning eng yaxshi portreti badiiy tanloviga start beriladi, deb xabar qilmoqda Qalampir.uz.

Tanlovda professional va havaskor rassomlar ishtirok etishlari mumkin. Ish hajmi ham cheklanmagan.

Tanlovga ijodiy ishlar qabuli 2017 yil 31 iyulga qadar davom etadi. Manzil: Toshkent shahar, Istiqbol ko‘chasi, Fotosuratlar uyi.

G‘oliblar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan taqdirlanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar