Joriy yil 20 apreldan 26 may kunigacha mamlakatimizning turli hududlarida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “Prezident e’tibori – muruvvat tadbirlarida” shiori ostida sunnat va niqoh to‘ylari o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi Qalampir.uz.
Navbatdagi shunday tadbir Namangan viloyati Chust tumanidagi “Parizod” tantanalar majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda To‘raqo‘rg‘on, Pop, Chust tumanlaridan 12 juft kelin-kuyovning nikoh to‘yi tantanali nishonlandi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan Captiva mashinalarida kelgan kelin-kuyovlarni majmua xiyobonida to‘plangan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar, yoshlar va oila qurayotganlarning ota-onalari, qavm-qarindoshlari karnay-surnay sadolari ostida kutib oldi.
To‘y marosimida kelin-kuyovlarga yangi oilaning hujjati – nikoh guvohnomasi, Prezident sovg‘asi – mebellar to‘plami va maishiy texnika jihozlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, nikoh to‘ylari bo‘layotgan yoshlarning bandlik holati o‘rganilib, band bo‘lmaganlar to‘y kuni oldidan ish bilan ta’minlanayotgani haqida xabar bergan edik. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»