Nodira Murtazayeva “O‘z sohasining tashabbuskori” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi

Nodira Murtazayeva “O‘z sohasining tashabbuskori” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi

Aktrisa Nodira Murtazayeva muxlislari bilan yana bir quvonchli xabarni bo‘lishdi. San’atkor o‘zining Instagram sahifasida taqdirlash marosimidan lavhalarni e’lon qilib, “O‘z sohasining tashabbuskori” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganini ma’lum qildi.

Mukofotni qabul qilgan aktrisa ushbu e’tirofni o‘zi uchun katta sharaf va mas’uliyat sifatida qabul qilishini ta’kidlab, muvaffaqiyatida hissasi bor barcha insonlarga samimiy minnatdorlik bildirdi.

U video ostiga yozgan izohida shunday deydi:

“Avvalo, meni tarbiyalab, orzularimga ishonishni o‘rgatgan ota-onamga cheksiz rahmat aytaman. Shuningdek, ustozlarimga, hamkasblarimga, rejissyorlarimizga va menga ishonch bildirgan barcha insonlarga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman.

Eng katta rahmat esa aziz muxlislarimga. Sizlarning mehringiz, duolaringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz men uchun eng katta kuch va ilhom manbaidir.

Bu medal men uchun yakun emas, balki yanada mas’uliyat bilan xizmat qilish, yangi obrazlar yaratish va xalqimiz mehriga munosib bo‘lish uchun katta rag‘batdir.

E’tirof uchun yana bir bor chin yurakdan rahmat! San’atga bo‘lgan muhabbatim va xalqimizga xizmat qilish yo‘lida bor kuch-g‘ayratimni bag‘ishlashda davom etaman.”

San’atkorning ushbu posti qisqa vaqt ichida muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Izohlarda ko‘plab kuzatuvchilar Nodira Murtazayevani samimiy tabriklab, unga ijodiy parvoz, yangi yutuqlar va bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilashmoqda.

Qizil atirgullar yonida Nodira Murtazayevaga tegishli ko‘krak nishoni va guvohnoma turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar