Amir Temur xiyoboni piyodalar uchun qulayroq qilindi

Toshkent shahri hokimligi, Yo‘l harakatini tashkil etish markazi va poytaxt IIBB hamkorligida Amir Temur xiyoboni atrofida piyodalar harakati qayta tashkil etildi.
Loyihaning asosiy maqsadi xiyobon atrofida piyodalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishdan iborat. O‘zgarishlar, ayniqsa, keksalar, bolali ota-onalar va harakati cheklangan fuqarolar uchun muhim.
Yangi tartibga ko‘ra, xiyobonga olib boruvchi beshta asosiy yo‘nalishda tartibga solinadigan yer usti piyodalar o‘tish joylari tashkil etildi. Ular Forumlar saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Kurantlar, Matbuotchilar va Sayilgoh ko‘chalari tomonlarini qamrab oladi.
Keng yo‘l uchastkalarida xavfsizlik orolchalari o‘rnatildi. Shuningdek, piyodalar va transport harakatini muvofiqlashtirish uchun intellektual svetoforlar ishga tushirildi.
Endilikda keksalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar va bolalar aravachasidagi ota-onalar xiyobon atrofida harakatlanish uchun yer osti o‘tish yo‘laklaridan foydalanishga majbur bo‘lmaydi. Ko‘p qatnovli yo‘llarni tartibga solinmagan joylardan kesib o‘tish zarurati ham kamayadi.
Loyiha transport oqimlari tahlili va kompyuter modellashtirish asosida amalga oshirilgan. U PQ-368 doirasida bajarilgan bo‘lib, unda yer usti piyodalar yo‘nalishlariga ustuvorlik berilgan.































Izohlar 0
…