O‘zbekistonda 6 oyoqli qo‘zichoq tug‘ildi (video)

O‘zbekistonda 6 oyoqli qo‘zichoq tug‘ildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda dunyoga kelgan 6 oyoqli qo‘zichoq aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Videodan ko‘rinishicha, qo‘zichoqning oldingi ikki oyog‘i orasida yana bir juft oyoq shakllangan. Aynan shu noyob holat ko‘plab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi.

Video muallifi buni Allohning mo‘jizasi ekanini ta’kidlab, avvallari bunday hodisalar haqida asosan xorij davlatlarida eshitganini, endi esa shunday noyob voqea O‘zbekistonda ham kuzatilganini aytadi.

Mazkur video qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Izohlarda ko‘plab kuzatuvchilar ushbu hodisani Allohning qudrati va mo‘jizasi sifatida baholab, o‘z fikrlarini bildirmoqda.

Hozircha qo‘zichoqning aynan qaysi hududda tug‘ilgani hamda uning sog‘lig‘i yuzasidan rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar