Noqonuniy qurilmalarga murosa yo‘q: sud qarori bilan buzish ishlari davom etmoqda

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi tuman (shahar) bo‘limlari ish yurituvidagi noqonuniy qurilmalarni buzish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan qonunchilik talablariga muvofiq ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.

Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari asosida o‘zboshimchalik bilan barpo etilgan noqonuniy qurilmalar belgilangan tartibda buzilib, yer maydonlari qonuniy holatiga keltirilmoqda. Barcha ijro harakatlari amaldagi qonunchilik talablari asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borilmoqda.

Majburiy ijro byurosi fuqarolarga murojaat qilib, har qanday qurilish ishlarini boshlashdan avval tegishli ruxsatnoma va hujjatlarni rasmiylashtirishni, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishni so‘raydi.
Zero, noqonuniy qurilmalar kelgusida buzilishi, ortiqcha moliyaviy xarajatlar va huquqiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.































Izohlar 0
…