
Samarqand xalqaro aeroporti aviasiya xavfsizligi xizmati va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yaqinda yirik miqdordagi oltin taqinchoqlarning O‘zbekiston hududidan olib chiqilishiga chek qo‘ydilar, deb xabar qildi Hordiq.uz sayti.
Bojxona nazorati amalga oshirilishi davomida Rossiyaga yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolari: U.Xudoyberdiev, M.Zokirova, M.Xolbekova va Z.Haydarova(ism va familiyalar o‘zgartirilgan)larga qarashli yuklar orasida og‘irligi 5 kilogrammdan ziyod bo‘lgan 26 dona oltin taqinchoqlar borligi aniqlangan.
Ushbu taqinchoqlar bojxona xodimlari tomonidan og‘zaki savol-javob o‘tkazilganda tilga olinmagan va deklarasiyada ham ko‘rsatilmagan. Oltin taqinchoqlardan iborat tovarning umumiy qiymati 860 million so‘mdan ziyodligi qayd etilmoqda.
Xabarga ko‘ra, kontrabandistlar taqinchoqlarni — jomadon tutqichlari va ayollar sumkasi ichiga yashirganlar, shuningdek, tugma va milliy taqinchoqlar ichida maxsus tayyorlangan maxfiy joylarga bekitganlar. Kontarabandistlar bu qimmatbaho yukni Moskva orqali Hindistonga etkazib berishlari kerak bo‘lgan.
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, fuqarolarga qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metaldan tayyorlangan zargarlik buyumlari — umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan 5ta mahsulotni aksiz solig‘ini to‘lamasdan O‘zbekiston hududiga olib kirishga ruxsat etiladi.
Shu bilan birga olib kirilayotgan qimmatbaho taqinchoqlar bojxona deklarasiyasi to‘ldirilishi vaqtida ko‘rsatib o‘tilishi shart.
«Samarqand shahar jinoiy ishlar bo‘yicha sudi sudyasi G. Negmatov tomonidan U. Xudoyberdievga jinoiy harakatlar tashabbuskori sifatida jarima solindi va qimmatbaho taqinchoqlar ashyoviy dalil sifatida davlat foydasiga musodara qilindi», deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar