Toshkentda aholi uchun bepul cho‘milish joylari tashkil etiladi

Toshkentda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida bepul cho‘milish maskanlari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtda cho‘milish taqiqlangan 28 ta xavfli hudud aniqlangan.
Mas’ullar fikricha, fojialarning oldini olish uchun aholiga xavfsiz va bepul muqobil joylar yaratib berish zarur. Shu maqsadda Bo‘zsuv kanalining Yunusobod tumanidan oqib o‘tuvchi qismi bo‘ylab maxsus cho‘milish havzalarini barpo etish loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Ayni paytda mutaxassislar qirgoq atrofini mustahkamlash, hududni xavfsiz holatga keltirish va dam oluvchilar uchun kerakli sharoitlar yaratish choralarini ko‘rmoqda.
Loyiha amalga oshirilsa, aholi taqiqlangan va xavfli joylarda emas, maxsus tayyorlangan hududlarda cho‘milish imkoniga ega bo‘ladi.































Izohlar 0
…