Fransiyada ixtiyoriy o‘limga oid qonun rasman ma’qullandi

Fransiyada ixtiyoriy o‘limga oid qonun rasman ma’qullandi

bemorlarga hayotdan ixtiyoriy ravishda ko‘z yumishga ko‘maklashish (evtanaziya) huquqini joriy etuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Le Monde nashri xabar berdi.

Yangi qonunga ko‘ra, mazkur huquqdan faqat Fransiya fuqarolari yoki mamlakatda doimiy yashovchi voyaga yetgan shaxslar foydalanishi mumkin. Evtanaziya faqat og‘ir, davosiz kasallikka chalingan, kuchli jismoniy yoki ruhiy azob chekuvchi hamda og‘rig‘ini boshqa usullar bilan yengillashtirish imkoni bo‘lmagan bemorlarga nisbatan qo‘llanadi.

Shuningdek, bemorning qarori mutlaqo ixtiyoriy, ongli va bir necha marta tasdiqlangan bo‘lishi shart. Barcha qarorlar shifokorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Fransiyada evtanaziya uchun o‘limga olib keluvchi maxsus dori vositalari qo‘llanadi.

Qonun loyihasini 291 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 241 nafar deputat unga qarshi ovoz berdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bu qarorni 2022 yilda fransuzlarga berilgan va’daning bajarilishi sifatida baholadi. Uning ta’kidlashicha, qonun muhokamalari o‘zaro hurmat va konstruktiv ruhda o‘tgan.

Hozirgi kunda Shveysariya, Niderlandiya, Kanada, Ispaniya, Avstriya va Portugaliya kabi davlatlarni qo‘shganda dunyoning 12 mamlakatida evtanaziyaga ruxsat berilgan. Yangi qonun kuchga kirgach, Fransiya ushbu ro‘yxatdagi 13-davlatga aylanadi.

Mutaxassislar qayd etishicha, evtanaziyaning turli shakllari mavjud. Masalan, bilvosita evtanaziyada kuchli og‘riq qoldiruvchi dori vositalari o‘lim jarayonini tezlashtirishi mumkin. Passiv evtanaziyada esa bemorning xohishiga ko‘ra uni hayotda ushlab turgan tibbiy apparatlar o‘chiriladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar