Jizzaxda maktabda yong‘in chiqdi

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida joylashgan maktablardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa 17 iyul kuni ertalab qayd etilgan bo‘lib, voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar xizmati qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borgan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar soat 08:24 da kelib tushgan. Unda G‘allaorol tumanidagi “Samarqand” mahallasi hududida joylashgan maktab binosining tom qismida yong‘in chiqqanligi bildirilgan.
Hodisa haqida xabar olingach, qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan yong‘in joyiga yetib borib, olovni qisqa vaqt ichida bartaraf etdi. Tezkor harakatlar natijasida maktabning 450 kvadrat metr maydonini yong‘indan saqlab qolishga erishildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
Mas’ul idoralar hodisa yuzasidan tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda.






























Izohlar 0
…