AQSHda futbolchi o‘limiga sabab bo‘lgan YTHdan keyin o‘zbekistonlik haydovchi ozod qilindi

AQSHda futbolchi o‘limiga sabab bo‘lgan YTHdan keyin o‘zbekistonlik haydovchi ozod qilindi

AQSHda kollej futbolchisi Tobias Forsayt o‘limiga sabab bo‘lgan YTHdan keyin o‘zbekistonlik haydovchi Behzod Asrarov garovsiz ozod etildi. Sud unga elektron kuzatuv moslamasini taqish shartini qo‘ygan.

Halokat 5 iyul kuni Ogayo shtatida yuz bergan. Asrarov boshqargan yuk mashinasi yengil avtomobil bilan to‘qnashgan. Natijada 21 yoshli Tobias Forsayt hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 42 yoshli Behzod Asrarov 2024 yilda Green Card dasturi orqali AQSHga borgan. U yuk mashinasini haydash uchun CDL guvohnomasiga ega bo‘lgan. YTHdan keyin patrul xodimlari bilan til muammosi sabab Google Translate orqali gaplashgan.

Hodisadan so‘ng u videoregistratorni cho‘ntagiga yashirgani aytilmoqda. Shu holat bo‘yicha unga ashyoviy dalillarni yashirish yoki yo‘q qilishga urinish ayblovi qo‘yilgan.

10 iyul kuni o‘tgan sud majlisida Asrarov tarjimon yordamida qatnashdi. Sud uni garov talab qilmasdan, elektron kuzatuv ostida qo‘yib yuborishga qaror qildi.

Tergov hali yakunlanmagan. Uning natijalariga ko‘ra, haydovchiga nisbatan qo‘shimcha ayblovlar ilgari surilishi ehtimoli bor.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar