Behzod Asrorov Tobi Forsayt o‘limiga oid ishda garov bilan ozod qilindi

AQSHda kollej futbolchisi Tobi Forsaytning halok bo‘lishi bilan bog‘liq ishda o‘zbekistonlik trak haydovchisi Behzod Asrorov birinchi sud majlisidan so‘ng garov evaziga ozod qilindi, deb xabar berdi Uz24.uz.
Hodisa Ohayo shtatida yuz bergan. Marhum futbolchi 21 yoshda bo‘lgani aytilmoqda. Sud Asrorovga elektron kuzatuv moslamasini taqqan holda erkinlikda qolishga ruxsat bergan.
Tergovchilar uni avariyadan keyin yuk mashinasidagi videoregistratorni olib tashlaganlikda gumon qilmoqda. Bu holat ish doirasida alohida o‘rganilmoqda.
Tergov hali yakunlanmagan. Agar keyingi tekshiruvlarda yangi holatlar aniqlansa, Asrorovga nisbatan qo‘shimcha ayblovlar qo‘yilishi ehtimoli bor.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…