12:31 / 18.05.2017
7 211

1 mln dollardan ortiq mablag‘ni sotib yuborgan toshkentlik sarroflar jinoiy guruhi rahbari qamaldi

1 mln dollardan ortiq mablag‘ni sotib yuborgan toshkentlik sarroflar jinoiy guruhi rahbari qamaldi
O‘lmas Aliev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) valyutafurushlikka jazo muqarrarligini bilsa-da, o‘zini bu ishdan tiya olmadi. U Toshkent shahrining turli bozorlarida xorij valyutalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni topib, bir guruhga birlashtiradi (ushbu guruhdagi boshqa a’zolarning jinoyat ishi alohida ish yurituviga ajratilgan), deb yozmoqda “Kun.uz” sayti.

O‘.Aliev ularni xorij valyutasi va milliy valyuta bilan ta’minlab turadi. Buning evaziga guruh a’zolari unga ko‘rilgan noqonuniy foydaning kattagina qismini etkazib berib turadilar.

Jinoiy guruh tomonidan uch yil mobaynida 1 mln. 233 ming 150 AQSh dollari qonunga xilof ravishda sotib yuborilgan ekan.

Yashirin faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning noqonuniy qilmishlariga ertami-kech, baribir barham beriladi. Bir ish qilishdan avval faqat mo‘may daromad topishni emas, balki uning oxirini ham o‘ylagan kishi hayotda qoqilmaydi. O‘tgan yilning 11 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi tomonidan O‘.Aliev 5 yilu 1 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 mln dollardan ortiq mablag‘ni sotib yuborgan toshkentlik sarroflar jinoiy guruhi rahbari qamaldi