date

Bu qiz bir so‘mga ham qiladi muqom… Ishva bozori bu! Stollar — rasta!

Bu qiz bir so‘mga ham qiladi muqom… Ishva bozori bu! Stollar — rasta!
BEShAFQAT BALLADA
Usmon Azim

Bu qiz bir so‘mga ham qiladi muqom,
To‘ydan qochib chiqdi uyalib maqom.
Qo‘shiq — navbatdagi bir «…xon» haqida,
Pulni ol! Or-nomus eski aqida.
Ishvani yopishtir badanga, yuzga,
Ayniqsa, mastlarni qochirma ko‘zdan.
Ishva bozori bu! Stollar — rasta!
Torning gilofida pul dasta-dasta?
Anov do‘konchiga qil avval ta’zim,
Bir dam sovumasin bir nodon bazm.
Raqqosa! Xirom qil otgunicha tong,
So‘ng uxlab olarsan kelganida shom.
Uyg‘onib, yig‘larsan shom chog‘i albat,
Agar yig‘lamasang undan ham dahshat…
Raqqosa! Davrada ildam-ildam suz!..
Nega nozing — olov, ko‘zlaring — naq muz!
Ha, hayot — beshafqat! Tugadi ertak!
«To‘xta!..» deb qichqirmas biror-bir erkak!

Manba: hordiq.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Bu qiz bir so‘mga ham qiladi muqom… Ishva bozori bu! Stollar — rasta!