07:52 / 19.05.2017
11 076

Toshkentda bir guruh “qo‘shmachilar” fosh qilindi

Toshkentda bir guruh “qo‘shmachilar” fosh qilindi
Joriy yilning 12 may kuni soat 23:00 larda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Yashnobod tumani hududida o‘tkazilgan “Oriyat” tadbiri davomida fuqaro Marhamat Nishonova 100.000 so‘m evaziga fuqaro “A” va “B” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergani aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Shuningdek, 13 may kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Olmazor tumani hududida o‘tkazilgan xuddi shunday tadbir davomida fuqaro Ma’ruf Hakimov 50 AQSh dollari evaziga fukaro “M” va “A”larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.

Bundan tashqari, 14 may kuniga o‘tar kechasi Yunusobod tumani hududida muqaddam fohishaxona tashkil etish jinoyati sodir etgani uchun sudlangan fuqaro Bolibek Bobobekov 100.000 so‘m evaziga fuqaro “M” va “A” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bir guruh “qo‘shmachilar” fosh qilindi