Shveysariyalik Samuel Voleri ikki qoya orasida 240 metr balandlikda tortilgan neylon trosdan 1210 metr yurib o‘tib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Shveysariyalik rekordini Turkiyada Levent International Outdoor Sports Festival nomli festivalda o‘rnatdi. Voleri tanlagan Levent vodiysi AQShdagi Grand-Kanon bilan o‘xshashligi sababli alpinistlar va boshqa ekstremalchilarni jalb qiladi.
Ta’kidlanishicha, kuchli yon shamol ekstremalni trosdan bir necha bor itqitib yuboray degan, biroq sportchi trosda turib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Volerigacha hech kim trosda bunday uzun masofani bosib o‘tmagan.
"Men bu rekordni o‘tgan yil Marokashda o‘rnatmoqchi edim, biroq o‘shanda menga yomon ob-havo xalaqit qilgandi. Men va jamoam Levent vodiysiga keldik va men birinchi urinishdayoq rekordni o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldim. Bu katta muvaffaqiyat", deb aytdi ekstremalning o‘zi.
Uning aytishicha, u ko‘proq masofa ham yurib o‘tishi mumkin edi, biroq unga kuchli shamol xalaqit qilgan. Volerining aytishicha sleklaynda katta muammo ob-havo hisoblanadi, shuning uchun bu sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun hech qachon ideal ob-havo bo‘lmaydi.
Sleklayn ikkita stasionar ob’ekt orasida tortilgan tros orqali ehtiyot moslamasi yoki usiz yurib o‘tish bo‘yicha ekstremal sport turi hisoblanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin