18 maydan 19 mayga o‘tar kechasi Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan “Habib” bozori yonib ketgan. Bu haqda tuman Ichki ishlar boshqarmasi navbatchi xodimi Shokir Meliboyev “Qalampir.uz” saytiga xabar berdi.
Kiyim-kechaklar sotiladigan ushbu bozorda yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Xabar berilishicha, jabrlanganlar yo‘q. Biroq bozor butkul yaroqsiz holatga kelgan.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: har bir savdo majmualarida yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari ko‘rilib, bu borada kerakli ishlar amalga oshiriladi. Shunga qaramay, yong‘inlar tez-tez uchrab turibdi. Bunga sabab nimada? Bozor butkul yonib bo‘lganiga qaraganda o‘t o‘chirish xodimlari keraklicha tezlikda ishlamagan. Aks holda shunday katta savdo maskani butkul yaroqsiz holga kelmagan bo‘larmidi? “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin