22:37 / 19.05.2017
7 624

Shavkat Mirziyoyev o‘tirgan samolyot Turkmanistonga kelib qo‘ndi

Shavkat Mirziyoyev o‘tirgan samolyot Turkmanistonga kelib qo‘ndi
Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan bugun, 19 may kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tirgan samolyot Turkmaniston aeroportiga kelib qo‘ndi.

O‘zbekiston rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov kutib oldi.

Turkmanboshi xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga O‘zbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Turkmanboshi shahrida o‘tadigan uchrashuv va muzokaralar Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi doirasida o‘tgan oliy darajadagi muloqotning mantiqiy davomi bo‘lib, ularda mamlakatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida o‘zaro manfaatli tijorat shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Orol fojiasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlaridan kelgan bir guruh bolalar dam olayotgan “Avaza” milliy sayyohlik zonasiga ham tashrif buyuradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev o‘tirgan samolyot Turkmanistonga kelib qo‘ndi