Tanishini shaxsiy siri bilan qo‘rqitib pul talab qilgan ayol ushlandi

Tanishini shaxsiy siri bilan qo‘rqitib pul talab qilgan ayol ushlandi

Farg‘ona shahrida tanishining shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilish bilan tahdid qilib, undan pul undirmoqchi bo‘lgan ayol huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 1988 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona shahrining Moturidiy ko‘chasida yashovchi ayol fuqaroga uning oshkor etilishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy ma’lumotlarini tarqatib yuborishini aytib tahdid qilgan. Evaziga esa ushbu ma’lumotlarni sir saqlash uchun undan 3 million so‘m talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi kelishilgan pulni olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Holatga huquqiy baho berilgach, ayolning harakatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar