12:06 / 22.05.2017
15 406

Odamxo‘r chinor haqida eshitganmisiz?...

Odamxo‘r chinor haqida eshitganmisiz?...
Braziliya poytaxtida dahshatli hodisa sodir bo‘ldi. Shahardagi obro‘li xonadonlardan birining sohibi Felippe Duardo, xotini Juliya hamda o‘g‘li Robertolarni o‘z uylarida jonsiz holda topishdi.
O‘lim sabablarini esa, hamon hech kim aniqlay olgani yo‘q…

QARG‘ISh TEKKAN JIHOZ
Bu uyda ilgari yashagan sobiq xo‘jayin ham xuddi Felippelar singari o‘z uyining mehmonxonasida sirli o‘lim topgan ekan. Buni bir necha xo‘jayinlarni ko‘rib ulgurgan keksa bog‘bon aytib berdi….
— Xo‘jayin Duardo degan basavlat odam edi. — deya hikoya qiladi bog‘bon. — Uning o‘limidan so‘ng yangi ko‘chib kelgan merosxo‘rlar uyni butkul qaytadan qurishga ahd qilishdi. Duardoning kabinetini bo‘lsa, shundayligicha qoldirib, qulflab tashlashdi. Chamasi, o‘lik chiqqan xonaga kirishdan barchalari cho‘chidi. Hech qancha o‘tmay, uyni birovga sotib yuborishdi. Yangi xo‘jayin bo‘lsa, haligi qulf osilgan kabinetni ochib ichkariga kirgan. Qaraydiki, u erda chinordan yasalgan ajoyib qadimiy shkaf turibdi. Biror eri tirnalmagan, deyarli yangiligicha saqlanib qolgan. Qadimiy jihozlarga o‘ch ekanmi, darrov uni o‘z yotog‘iga olib kirib qo‘ydi…

Afsuski, shkaf olib kirilgan kuniyoq xo‘jayin o‘zini negadir bo‘g‘ilgandek his eta boshladi. Jonholatda shkafga tikilib qaradi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, shkaf ustida qon pastga oqib tushardi…
Xo‘jayin shu zahoti ko‘ksini noma’lum olov kuydirib, polga qulaydi…
Ushbu o‘lim bilan shug‘ullanishga kirishgan polisiya xodimi o‘ylay-o‘ylay, shkafdan gumonsiray boshladi. Ha, u adashmagan edi. Chunki, ichkariga kirib eshikni yopishi bilan xuddi marhum xo‘jayinning holatiga tushib qoldi.

Kimdir uni bo‘g‘ayotgandek xirillay-xirillay jon berdi…
Yaxshiyamki, polisiya xodimi bo‘limda juda kerak edi. Hamkasblari qidira-qidira, uni o‘lik holda topishdi…
Ammo shu paytgacha ham o‘lim sabablari aniqlanmagan. Faqat bir narsa ma’lum bo‘ldi. Ilgari Amazonka tomonlarda chinordan xuddi shunday shkaflar yasashgan. Ularni esa, do‘zaxga eltuvchi ajal sifatida baholashgan.

SO‘NGGI OV
Yaroslavl viloyatidagi Tutaevo shahri yaqinida ovchilar navbatdagi ov uchun o‘rmon ichkarisiga yo‘l olishdi. Bu o‘rmonlarda qish oylari kiyiklar ko‘paygandan ko‘payarkan.
Maxsus joyga etib borishgach, uch ovchi uch tomonga bo‘lindi. Sergeyga ulkan chinor daraxti ostida o‘tirib kiyik o‘tishini poylashga to‘g‘ri keldi…

U qancha vaqt o‘tirganini bilmaydi. Ishqilib, chinorga suyangani esida. Bir mahal a’zoyi badanidan avvaliga muz ter chiqa boshladi. So‘ngra… Butun borliqni unutib, o‘zini boshqa bir dunyoda his etdi…
Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, ko‘rdiki, unga qarab bahaybat mahluq qiyofasidagi bir jonzot yaqinlashib kelyapti. U pishqirar, pishqirgan sari og‘zidan so‘laklar sachrab, Sergeyning yuziga urilardi…
Yo‘q, bu mahluq emasdi. Aksincha, ajalning o‘zginasi edi…

Ovchi badanida kuchli og‘riq sezdi. Shundan keyin hech narsani eslay olmaydi. Hushidan ketdi…
Sergey ko‘zini ochganida notanish xonadonda yotar, tepasida bir kampir va sheriklari o‘tirishardi.
— Yaxshiyam seni sheriklaring o‘z vaqtida topib olishibdi. — dedi kampir unga. — Bo‘lmasa, allaqachon narigi dunyoda bo‘larding…
Sergeyning bel qismini nimadir qattiq tirnagan ekan. Xonadon sohibasi kerakli duolarni o‘qib yarasiga malham surdi.
— Sen bekorga chinorga suyanibsan. — deya Sergeyga tanbeh berdi kampir. — Negaki, chinorlar odamzodning kushandasi. Ular bizlarning hayotimiz, jonimiz evaziga kun ko‘rishadi. Bundan keyin esingda bo‘lsin, zinhor-bazinhor chinor daraxtiga suyanmagin!

Mutaxassis Kirill LAZAREV:
— Qotil daraxtlar haqiqatan tabiatning eng sirli fenomenlaridan hisoblanishadi. Masalan, Amerikaning tropik o‘rmonlarida marsinella degan daraxt o‘sadi. Bu daraxt odamni uzoq masofadan turib ham o‘ldira oladi. Yoki bo‘lmasa, Yava orolida yashovchilar o‘sha erdagi qotil daraxt hisoblangan barcha o‘simliklarga jinoyatchilarni o‘ldirib qurbonlik keltirishadi. Eng ajablanarlisi, qancha kimyoviy tahlillar o‘tkazilmasin, bu taxlit daraxtlardagi zararli moddalar hanuz aniqlanmagan.


Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Odamxo‘r chinor haqida eshitganmisiz?...