
Mazkur voqea Saudiya Arabistonining cho‘l-biyobonida ro‘y berdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Videoda ilonning inson qo‘lidan tashnalik bilan suv ichib, chanqog‘ini qondirgach, o‘z yo‘lida davom etgani aks etgan. Nashrning ma’lumot berishicha, mazkur voqea ro‘y bergan Rub-el-Hali cho‘lida havo harorati o‘rta hisobda, Selsiy bo‘yicha 40-50 daraja issiqni tashkil etadi.
Ilgari Hindistonda ham shunday voqea yuz berib, unda tashnalikdan qiynalgan ko‘zoynakli ilon suv izlab aholi yashaydigan punktga kelgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar