Madina Tojiboyeva va o‘g‘li Miran tantanali kutib olindi (video)

Madina Tojiboyeva va o‘g‘li Miran tantanali kutib olindi (video)

Madina Tojiboyeva va Uztim xonadonida quvonchli kunlar davom etmoqda. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Madina 17 iyul kuni o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgani, oradan ikki kun o‘tib esa 28 yoshini qarshi olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shuningdek, ular 24 iyul kuni tug‘ruqxonaning o‘zida yaqinlari va do‘stlari uchun kichik bayram tashkil etishganini ham ma’lum qilgandi. Uztimning aytishicha, ushbu tadbir Madina va chaqaloq uyga chiqishidan oldin, yosh onani ortiqcha charchatmaslik maqsadida aynan tug‘ruqxonaning o‘zida o‘tkazilgan.

Uztim avvalroq 26 iyul kuni turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li bilan uyga qaytishlarini, o‘sha kuni xonadonda ham alohida bayram bo‘lishini aytgan edi. Kecha, 26 iyul kuni esa yosh oilaning quvonchli lahzalari aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Videolarda Madina va chaqaloqni yaqinlari tantanali tarzda kutib olayotgani, uy atrofi sharlar va nafis bezaklar bilan bezatilgani, oila a’zolari hamda do‘stlari bayramona kayfiyatda ularni qarshi olgani tasvirlangan. Bezaklar orasida chaqaloqning tug‘ilgan sanasi va ismi yozilgan maxsus fon ham e’tiborni tortadi. Unda "17.07.2026 Miran" degan yozuv aks etgan.

Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi. Izohlarda kuzatuvchilar Madina Tojiboyeva va Uztimni o‘g‘il farzandi bilan samimiy tabriklab, Miranga sog‘lom va baxtli umr tilab, yosh oilaga ezgu tilaklarini yo‘llashmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar