6 616
Malika Diananing o‘limidan 20 yil o‘tib, shahzoda Garri shuncha yil davomida ichini kemirayotgan hislari bilan o‘rtoqlashdi…
Hamma narsa haqida gapirish mumkin, biroq dil yarasini tirnaydigan gaplarni har doim ham, hammaga ham ayta olmaysiz…
Yaqinda shahzoda Garri qandaydir klub haqida hikoya qildi. Balki siz u kazo-kazolar to‘planib siyosiy mavzularda suhbat quradigan klubni ko‘z oldingizga keltirishga ham ulgurgandirsiz, biroz shoshmang, bu umuman boshqa hikoya.
Shahzoda Garri so‘z ochgan klub aslida, yaqinlarini yo‘qotgan, hali hanuz ularning yo‘qligiga ko‘nika olmayotgan, ko‘ngli kemtik insonlar jam bo‘ladigan klub edi. U ham ayni damda shunday insonlardan biri, u ham onasining o‘limiga ko‘nikkanicha yo‘q!
Onasini 12 yoshida yo‘qotgan bolakay, 28 yoshga kiribgina shuncha yillar mobaynida hech kimga aytmagan hislari bilan bo‘lishishni istadi.
Shahzoda Garri shaxsiy klubini ochib, shu yo‘l bilan o‘zi kabi suyukli kishilarini yo‘qotgan insonlarga ruhiy yordam berishga qaror qilganini aytdi. U bu «Idroksiz dunyo” klubni Brayn Gordon yordami bilan ochishni rejalashtirmoqda.
Uning maqsadi shu bilan cheklanib qolmaydi, yaqinlarisiz azob chekayotgan insonlardan tashqari, u ruhiy kasallarni ham davolanishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Bundan deyarli bir yil avvalgi intervyusida u bu haqida avvalroq bosh qotirmaganiga afsusda ekanini aytgandi. O‘zining aytishicha, u odamlarga ilk qadamni qo‘yishda katta kuch bergan bo‘lardi.
— Men 20 yil avval onamni yo‘qotdimu, o‘sha damdagi kechinmalarimni yashirishga urinib keldim, hozir ortimga qarasam 12 yoshimdan buyon hayotim go‘yo faqat onam haqidagi xotiralar bilan o‘tgandek ko‘rinadi.
O‘ylashimcha, onamning o‘limi menga juda qattiq ta’sir qilgan va odatiy hayotdan uzilib, u dunyo chegarasida yashay boshlagan edim. Bu holat albatta, sog‘lig‘imga anchayin salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmadi, — deydi shahzoda Garri.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi