
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida Shayxontohur tumaniga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ishonchli manbalarimizning ma’lum qilishicha, tashrif sanasi aniq bo‘ldi. 26 may kuni amalga oshirilishi kutilayotgan tashrif davomida Prezident poytaxtda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar va MTMlar faoliyati bilan tanishishi, shuningdek, Shayxontohur tumanida qad rostlayotgan yangi zamonaviy bog‘ning qurilish ishlari bilan tanishishi nazarda tutilgan.
Shu kunlarda Shayxontohur tumanida Prezidentning tashrifiga tayyorgarlik ishlari ko‘rilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil boshidan O‘zbekiston shaharlari, shuningdek, poytaxt Toshkent shahri tumanlariga alohida tashrif buyurib, joylardagi sharoit bilan yaqindan tanishmoqda. Davlat rahbari ko‘zdan kechirgan hududlarda sezilarli darajada o‘zgarishlar yuz bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugunga qadar Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Sergeli, Yashnobod, Mirobod, Yunusobod, Chilonzor va Olmazor tumanlariga tashrif buyurdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar