Bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi ishxonasidan topildi

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida bedarak yo‘qolgani xabar qilingan erkakning jasadi ish joyidan topildi. Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaroning vafoti yuzasidan barcha holatlarga aniqlik kiritish maqsadida tekshiruv boshlangan.
Qayd etilishicha, marhumning o‘limi sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Mutaxassislar xulosasi orqali fuqaroning qanday sharoitda vafot etganiga oydinlik kiritilishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda tergovga qadar tekshiruv harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolis tarzda davom ettirilmoqda. Uning natijalariga ko‘ra mazkur holat bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilinishi ma’lum qilindi.






























Izohlar 0
…