Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yangi videomurojaatini e’lon qildi. Unda Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniyni Mixail Bulgakovning «It yurak» asari qahramoni Poligraf Sharikov bilan taqqoslagan. Bu haqda Kun nashri xabar berdi.
«Mana sen, Aleksey Poligrafovich, munosib davomchiga aylanmoqdasan. Biroq, agarda Sharikov kitobda shunchaki tentak va savodsiz odam bo‘lsa, sen undan ham uzoqroqqa qarab ketayapsan. Sen nafaqat safsataboz, balki juda ham badiiy yolg‘onchisan», — dedi tadbirkor.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, muxolifatchidan debatlarga taklifni emas, balki uzr so‘rashini kutgandi.
«Bizning debatlar sudda bo‘ladi, Aleksey Poligrafovich Navalniy. Tuf senga yana bir marta», — dedi u.
Bundan tashqari, Usmonov o‘zining ilk videomurojaati haqida o‘z fikrini, jumladan, «juda yomon» bo‘lsa ham, bildirgan barchaga minnatdorlik izhor qildi.
Avvalroq Alisher Usmonovning birinchi videomurojaati hamda unga Navalniy qaytargan javobi haqida maqolalar taqdim etilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi