Andijonlik yigit layk yig‘ish maqsadida mushuk bolasini chuqur kotlovanga uloqtirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bir yigit mushuk bolasini baland devor ortidagi chuqur kotlovan joylashgan qurilish maydoniga uloqtirayotgani aks etgan. Mazkur holat internet foydalanuvchilari orasida keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ko‘plab foydalanuvchilar ushbu xatti-harakatni hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik deb baholab, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan voqeaga huquqiy baho berish va aybdorni javobgarlikka tortishni so‘ramoqda.
Videoning yakunida yigit kulgan holda: "40 ta joni bor edi, bittasini ishlatib ko‘rdik, endi 39 tasi qoldi", deya hazillashadi. Aynan shu gap ham ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqid qilinib, ko‘plab foydalanuvchilar bunday mazmundagi kontent ortidan "layk" va kuzatuvchi yig‘ishga urinishni mutlaqo nomaqbul harakat sifatida baholamoqda.






























Izohlar 0
…