
Toshkent shahrida qalbaki guvohnoma taqdim etgan shaxs aniqlandi, deb xabar qilmoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2017 yilning 21 may kuni taxminan soat 02:00 da, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan, Yunusobod tumanida joylashgan “Uch Qaxramon” yo‘l-patrul xizmati maskanida davlat raqam belgisi 01 N 352 GA bo‘lgan «Matiz» rusumli avtoulov to‘xtatilgan vaqtda, haydovchi Anvar Tojiboyevich Turakulov o‘zini ichki ishlar xodimi deb tanishtirib, xizmat guvohnomasini taqdim etgan. Xizmat guvohnomasi asliga shubhalanilganligi sababli, u IIBga olib borilib, undan ushbu guvohnoma olib qo‘yilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Olib borilgan tergov oldi surishtiruv jarayonida guvohnoma A.T.Turakulovning marhum otasiga tegishli bo‘lganligi va unga o‘zining fotosuratini yopishtirib, soxtalashtirganligi aniqlangan.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 1-qismi bilan (soxtalashtiruvchining o‘zi foydalanish maqsadida rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishlari mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar