23:26 / 26.05.2017
7 207

Bangilar uchun Chilonzorda bangixona ochgan Ruslan ushlandi!

Bangilar uchun Chilonzorda bangixona ochgan Ruslan ushlandi!
Bangixona tashkil etish fosh etildi. 2017 yilning 22 may kuni, Chilonzor tumani hududida joylashgan xonadonda Ruslan Djeksanbaev qonunga xilof ravishda “opiy” giyohvand moddasini tayyorlab, uni iste’mol qilish uchun bangixona tashkil qilganligi aniqlanib, xonadondan 9 dona bir martalik tibbiyot shprislarda joylashtirilgan umumiy og‘irligi 0.62 grammga teng bo‘lgan “opiy” giyohvand moddasi daliliy ashyo sifatida olindi.

Djeksanbaevga nisbatan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 273-moddasi 4-qismi (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, bunday vositalarni iste’mol qilish uchun bangixonalar tashkil qilish va saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bangilar uchun Chilonzorda bangixona ochgan Ruslan ushlandi!