11:52 / 27.05.2017
7 416

Toshkentda oq qulupnay sotilmoqda

Toshkentda oq qulupnay sotilmoqda
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Potrebitel.uz guruhida ajoyib post qoldirildi. Unda foydalanuvchilardan biri Makro supermarketlari tarmog‘ida oq rangli qulupnay sotilayotgani xususida guruh a’zolariga savol bilan murojaat qilgan. Xabarga ilova qilingan suratda Makro supermarketlari tarmog‘ida oq tusli ananasli qulupnay 14990 so‘m ekanini ko‘rish mumkin.

U ushbu oq qulupnaydan kim tatib ko‘rgani, mazasi qanaqa ekaniga qiziqqan.

E’tiborlisi, ayni savol guruhda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar ko‘rinishidan hech qachon xarid qilmasligi va tatib ko‘rmasligini aytsa, boshqalar gibridligi yoki tut ekani xususida fikrlarni bildirgan.

Shu bilan birga, muhokamalarda mazkur oq qulupnay naviga oydinlik kiritilgan bo‘lib, u Pineberry – Ananasli qulupnay deb atalishi ma’lum qilingan.

Ba’zilar bu qulupnay avvallari ham bo‘lgani, biroq keyinchalik etishtirish to‘xtatilgani, 3 yillar avval Toshkentda yana paydo bo‘lganini bildirishgan.

Kimdir uning juda mazali ekanini ta’kidlasa, yana biri xarid qilib, ammo mazasi yoqmagani sababli chiqindiga tashlab yuborganini ta’kidlagan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda oq qulupnay sotilmoqda