18:22 / 28.05.2017
7 901

Shavkat Mirziyoyev AQShga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirgan

Shavkat Mirziyoyev AQShga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirgan
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning sentyabr oyida AQShga rasmiy tashrifni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Kun» muxbiriga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmatidagi manba xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev hamda AQSh prezidenti Donald Tramp 21 may kuni Ar-Riyodda arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti doirasida ilk marta uchrashgandi. Aynan shu uchrashuv vaqtida bo‘lajak tashrif bo‘yicha kelishib olingan bo‘lishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, Donald Tramp O‘zbekiston prezidenti bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasi haqida ham o‘z fikrlarini aytib, mazkur dastur o‘zining ahamiyatli natijalarini berishiga ishonch bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev AQShga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirgan