09:20 / 30.05.2017
8 671

Diqqat: 1 iyundan gazdan qarzi borlardan eng kam ish haqining ikki barobarida to‘lov undiriladi

Diqqat: 1 iyundan gazdan qarzi borlardan eng kam ish haqining ikki barobarida to‘lov undiriladi
2017 yilning 1 iyunidan boshlab, etkazib berilgan tabiiy gaz uchun qarzi mavjud bo‘lgan va tarmoqdan uzib qo‘yilgan iste’molchilar gaz ta’minoti tarmoqlariga qayta ulanishi uchun ulardan eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorda to‘lov undiriladi. Shu bilan birga 2017 yilning 1 oktyabridan boshlab tabiiy gazni hisoblash uskunalari bo‘lmagan maishiy iste’molchilarga tabiiy gaz etkazib berish tabiiy gazga belgilangan tarif miqdorining ikki barobari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi. Bu haqda adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Maishiy iste’molchilarga tabiiy gazni hisoblash zamonaviy elektron uskunalarini xarid qilish va o‘rnatish «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasining shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu uskunalar qiymatini maishiy iste’molchilar bir yil ichida to‘laydilar.

Manba: dia.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Diqqat: 1 iyundan gazdan qarzi borlardan eng kam ish haqining ikki barobarida to‘lov undiriladi