Rossiyalik olimlar insonning biologik yoshini aniqlash bo‘yicha samarali usul o‘ylab topishdi. Masalan, yurak kasalliklari bu yoshga bir necha yil qo‘shar ekan. Ushbu tadqiqot tibbiyot xodimlariga qarishning oldini olishda asqotadi, deb xabar beradi Kun.uz nashri.
Rossiyalik mutaxassislar odamning yurak-qontomir tizimi ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, biologik yoshini aniqlashni o‘rganib olishdi. Me’yordagi va sog‘lom insonda bu yosh u yashagan yillar bilan mos tushadi, biroq ham tashqi, ham ichki zararli omillar ta’sirida raqamlar keskin farqlanishi ham mumkin ekan.
Insonning haqiqiy biologik yoshini qanday aniqlash mumkin — tibbiyot xodimlarida shu paytgacha bu borada aniq bir to‘xtam yo‘q edi. Eng aniq usul — DNK ekspertizasi bo‘lsa-da, u ikkita kamchilikka ega edi: 3–4 yilgacha farq va tekshirish ishlarining o‘ta qimmatligi.
«MISiS» tadqiqot texnologik milliy universiteti olimlari o‘zining yangi ixtirosi haqida shunday deyishgan:
«Bizning tadqiqotimiz uyqu arteriyasining tonometriyasi va ultratovush tadqiqotiga asoslangan. Kompyuter yordamida shunday formula ishlab chiqdik-ki, u sog‘lom kishilarning biologik yoshini erkaklar uchun 7 yil, ayollar uchun 6 yil aniqlikda oldindan aytib bera oladi. Qon bosimi ko‘tarilib turadigan va qandli diabetga chalingan bemorlar ustida o‘tkazilgan sinovlarning ko‘rsatishicha, bunday dardga chalingan bemorlarning biologik yoshi haqiqiy yoshidan 3 yilga ko‘proq ekan». “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi