AQShning Florida shtatida yashovchi Sherri Jonson kitobining taqdimotida ancha yillar oldingi bo‘lib o‘tgan voqea to‘g‘risida ochiq gapirdi.
“Oilam bilan ibodatxonaga borgandik. Ular ibodat bilan mashg‘ul edi. Ibodatxona xizmatchilaridan to‘rttasi meni panaroqqa sudrab ketishdi. Nomusimga tegishdi. Homilador bo‘lib qolganimda 11 yoshimda edim. Oilam aybdorlarni topdi. Birini menga uylanishga majbur qilishgan.
Onam yonimga kelib:
“Seni erga bermoqchimiz, turmushga chiqasan” dedi.
Men:
“Erga berish nima degani? Turmushga chiqish qanaqa bo‘ladi?”, deb so‘radim.
Onam jim bo‘lib qoldi. Uzoq o‘ylandi. Javob berolmadi. Xozir 9 ta bolam bor. Onam hamon javob bergani yo‘q”.
Florida shtatida nikoh yoshi chegaralanmagan, hatto 11 yasharlar ham turmush qurishi mumkin bo‘lgan dunyodagi 27 ta shahardan bittasi. Sherri Jonson tug‘ilganidan buguniga qadar boshidan o‘tkazgan kunlarini “Kechirish mumkin bo‘lmaganlarni kechirish” nomli kitobiga kiritgan.
2011 yilda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, tajovuzga uchrab yoki oilalarining tazyiqi bilan hali 16 ga to‘lmay erga uzatilgan qizlarning soni 9, 4 million deb qayd etilgandi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi