Xalqimiz besh qo‘l barobar emas, deydi. Bundan tashqari yana bitta haqiqat borki, biror bir oiladan kimdir mashhur bo‘lib ketsa, butun nasli u bilan g‘ururlanib yurishadi. Ammo shunday pallalar bo‘ladiki, bitta oiladan o‘g‘ri ham, to‘g‘ri ham etishib chiqadi. Ayrim dunyo taniydigan mashhurlar borki, ular yaqinlaridan uyalishadi. Sababi…
Gollivud yulduzi Lionardo Di Kaprioning ona bir, ota boshqa o‘gay ukasi Adam Farrar o‘g‘irlik bilan shug‘ullangan. Aksiga olib, mashhur yulduzning kelini ham qo‘li egri bo‘lib chiqqan. Adam bilan xotinining “xobbi”si katta supermarketlarni o‘marish bo‘lgan.
“Evrovidinie” musobaqasining kashfiyoti bo‘lmish, ayni damda ma’lumu mashhur bo‘lgan ukrainalik qo‘shiqchi Verka Serdyuchka (Andrey Danilko) ham oilasidan uyalar ekan. Chunki uning ota-onasi juda kambag‘al yashagan va ular menga hech narsa qilib berolmagan, deb hisoblaydi xonanda. Aslida-chi? Hozirda mashhurlikka va millionlarga ega, o‘zini qirol oilasida tug‘ilgandek his etadigan xonanda ota-onasiga moliyaviy tomondan hech qanday yordam bermaydi. Endi, o‘ylang-chi, kim-kimdan uyalishi kerak?
Yana bitta “Evrovidenie”chi Sergey Lazerev akasidan or qilarkan. Sababi, Pavel Lazerev giyohvand moddalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadi. Hatto bir gal giyohvand moddalari bilan savdo qilgani va yana bir gal o‘spirin qizning nomusiga tekkanlikda ayblangan. 2014 yilda hibsdan chiqqan Pavel ukasiga “Endi odam bo‘laman, ishon”, dedi-yu, biroq ko‘p o‘tmay avtohalokatga uchrab vafot etgan.
Gollivudning yana bir yulduzi, kinoafsonalardan biri Alek Bolduinning ukasi Daniel Bolduin mashinalar o‘g‘irlash bilan mashg‘ul bo‘lgan va qamoq jazosini ham o‘tab chiqqan.
Turkiyalik mashhur xonanda Ebru Gundash esa otasidan or qilarkan. Sababini onasiga qilgan zulmlkorligi bilan izohlaydi. Ebru 20 yil otasi bilan yuzko‘rmas bo‘lib yurgan. Toki bitta telekanal, uzoq yillardan beri bitta do‘konda ham ishlab, ham yashab yurgan kimsaning asli Ramzi Gundash ekanini oshkor etib qo‘ymaguncha. Bu voqea ovoza bo‘lib ketganidan so‘ng Ebru otasiga yordam qo‘lini cho‘zgan, ammo baribir munosabatlari yaxshilanmagan.
Amerikalik taniqli qo‘shiqchi Merayya Kerining opasi Elison Kerri fohishalik bilan shug‘ullanadi. Meraya opasini bu yo‘ldan qaytarish uchun ko‘p urinib ko‘rgan. Pul kerak bo‘lsa, mana oling, deya so‘raganini berib turgan ham. Biroq, o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas, deganlaridek, Elison ko‘p o‘tmay yana o‘z ishiga qaytgan. Elison odam savdosi bilan shug‘ullaganlikda ayblangan. Giyohvand moddalarga o‘rganib qolgan. Bundan tashqari u OITS kasaliga ham chalingan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi