07:01 / 03.06.2017
16 619

30.000 so‘m evaziga fohishaxona

30.000 so‘m evaziga fohishaxona
2017 yilning 30 may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Albert Fyodorov Yakkasaroy tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 30.000 so‘m pul evaziga fuqarolar “E” va “N” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berishganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabariga asoslanib Mulohaza.uz ma’lum qilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 30.000 so‘m evaziga fohishaxona