
Toshkent shahar Mirobod tuman Ichki ishlar boshqarmasida P.F.Borovskiy qurboni Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha favqulodda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Islom To‘laganovning onasi Zumrad Mambetova o‘g‘lining qilmishini umuman oqlab bo‘lmasligini ko‘zlarida yosh bilan gapirdi.
"O‘g‘lim Islom dastlabki tergov jarayonlarida ishtirok etgan. Lekin hozir bu erda emas. Uni o‘zim ertaga olib kelaman. Iltimos, to‘g‘ri tushuninglar, u ham atay shunday qilmagan. Hozir uning ahvoli juda yomon. Qonun oldida javob bersin, roziman. Biroq men hech qachon bolamga birovning burnini qonatgin, deb tarbiya bermaganman", dedi ona yig‘lagancha.
Xabar berishlaricha, Islomning qochib ketmasligi uchun barcha choralar ko‘rilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar