Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyat muqaddam firibgarlik bilan bir necha marotaba sudlangan, 1981 yilda tug‘ilgan Abuhamid Abduvaxitovich Abdullaev tomonidan sodir etganligi aniqlangan.
Abdullaevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning xar qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing