18:09 / 07.06.2017
7 537

“O‘zbekiston-24” teleradiokanali shu hafta sinov efirini boshlaydi

“O‘zbekiston-24” teleradiokanali shu hafta sinov efirini boshlaydi
Yangi tashkil etilayotgan “O‘zbekiston-24” teleradiokanali 10 iyun kuni radio orqali jonli efirga chiqadi. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.

Joriy yilning 10 iyun kuni soat 09:00 dan 13:00 gacha “O‘zbekiston-24” radiokanali efirga chiqadi. Har 20 daqiqada yangiliklar va oraliq 15 daqiqada tematik eshittirishlar beriladi.

Sinov tariqasida radioefir faqat MTRK hududining o‘zigagina tarqatiladi. Eshittirishlarni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobir Alixonovning shaxsan o‘zi kuzatib boradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTRK tarkibida tashkil etilayotgan yangi “O‘zbekiston-24” informasion teleradiokanali 27 iyundan to‘liq ish boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zbekiston-24” teleradiokanali shu hafta sinov efirini boshlaydi