Bugun, 7 iyun kuni Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 o‘quv yili uchun abiturientlar qabuliga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qatnashgan "Kun.uz" xodimiga ko‘ra, unda 68 ball va undan kamroq ball olganlarning qo‘shimcha shartnoma (superkontrakt) bo‘yicha o‘qish masalasi ko‘tarildi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, 4 ballgacha past ball olgan abiturientlar qo‘shimcha kontrakt bo‘yicha ta’lim oladi. Undan keyingi stavkalar olingan ballga qarab boqichma-bosqich ko‘payaveradi. Bu stavkalarning belgilanishi har bir oliy ta’lim muassasasining moddiy ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilanadi. Qo‘shimcha o‘rinlar ham barcha OTMlarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda yaratiladi.
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari Inomjon Majidov bu borada qo‘shimcha qildi: "Kvotadan tashqari oliy ta’lim muassasasining imkoniyatlaridan kelib chiqiladi. Bunda birinchi shart - oliy ta’lim muassasasida qo‘shimcha qabul uchun imkoniyat bo‘lishi kerak. Ikkinchidan esa, o‘sha belgilangan summani to‘lash imkoniyati mavjud bo‘lishi masalasi bor.
68 ball oldi - talaba bo‘ldi degani emas. Nega? Masalan, oliy o‘quv yurtlarida 1 ballni olsak, shu 1 ballning o‘zini ichida bir OTMda 50 abiturient, boshqasida esa 2 nafargina o‘tirgan bo‘lishi mumkin. Superkontraktni belgilashda birinchi qadam 1,5 - 2 - 2,5 barobar va h.k. tartibda ketadi".
Ma’lum qilinishicha, hozirda bakalavr bosqichiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ishlar boshlangan. Shundan kelib chiqib yanada aniq ma’lumotlar beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi