19:47 / 07.06.2017
12 553

Eksklyuziv! Sobiq direktor Jasurbek Ibrohimov vafoti haqida nima deydi?

Eksklyuziv! Sobiq direktor Jasurbek Ibrohimov vafoti haqida nima deydi?
Xabaringiz bor, Ijtimoiy tarmoqlar, odamlar orasidagi shov-shuv sabab Jasurbek Ibrohimov voqeasi haftaning eng e’tiborga tushgan hodisasi bo‘ldi.

Bu vaziyatda ko‘pchilikning e’tiborini Jasurbek va Islombek bilan bir qatorda, ularning ota-onalari, ular ta’lim oladigan kollej va kollej ma’muriyati, o‘qituvchilariga qaratildi. Xabaringiz bor, kollej direktori Lutfi Yo‘ldoshevna Yusupova va o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosar Hilola Bo‘rixo‘jaeva hamda ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosar Vazira Hasanova ishdan olindi.

Bunga qadar biz P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktori Lutfi Yo‘ldoshevna Yusupovadan bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan Qalampir.uz nashri intervyu oldi. E’tiboringizga mazkur intervyuning hozircha ayrim qismlarini taqdim etamiz.

— Jasurbek Ibrohimovning vafotidan avval bo‘lib o‘tgan voqealardan kollej ma’muriyati va o‘qituvchilar qachon xabar topdi?

— Menga ma’lumki, Jasurbek va Islombek o‘rtasidagi birinchi tortishuv 2 may kuni yuzaga kelgan. 3 may kuni esa ular o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan. Kollejimizda 120 ta kuzatuv kamerasi muntazam ishlab turadi, favqulodda holatlar uchun qo‘ng‘iroq tugmachasi ham bor. O‘quvchilarimiz buni juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ular o‘zaro kelishmovchilikni kollej hududida emas, balki tashqarida hal etmoqchi bo‘lishgan. Shu kuni Jasurbek, Islombek, Temur, Hurmatbek, O‘lmas, Bekzod, Temur kollejdan tashqariga chiqib ketishgan. Biz Jasur bilan Islom o‘rtasida mushtlashuv bo‘lib o‘tgani haqida 4 may kuni – tuman Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari kelgandan keyin xabar topdik. Jasur 3 may kuni kollejdan chiqib ketib, darslarga qaytmagan. Guruhdoshlari Temur va Bekzod o‘qituvchiga Jasurning qorni og‘rib, uyga ketganini aytishgan.

— Jasur va Islom kollejning ichki ro‘yxatida bo‘lishganmi?

— Jasur hech qachon ichki ro‘yxatga kiritilmagan. Lekin Islom ichki ro‘yxatimizda bor edi. Bu ro‘yxatga tarbiyasi og‘irlar emas, darsga kechikib keladiganlar, darslarni o‘zlashtirmaydigan, kollej formasiga rioya qilmaydiganlar kiritiladi. Bungacha Jasur va Islom o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik payqalmagan.

— Jasur va Islom dars vaqtida chiqishganmi?

— Islomning darsi tugagan bo‘lgan, u tanaffusga chiqqan mahalda Jasurning sinfida dars mashg‘ulotlari davom etayotgan edi. Jasur o‘qituvchiga qorni og‘riyotganini aytib, tashqariga chiqib kelishni so‘ragan va kollejga qaytmagan. U darsga qaytmaganidan keyin o‘qituvchi uning onasi Nilufar Alievaga qo‘ng‘iroq qilgan. Alieva esa shu kuni telefonga javob bermagan.

Kollej sobiq direktori Yusupovaning ma’lum qilishicha, bo‘lib o‘tgan voqeadan xabar topilgach, kollejning voyaga etmaganlar bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazilib, Islom To‘laganovning ota-onasi chaqirilgan, o‘tkazilgan majlis bo‘yicha bayonnoma tuzilgan.

Ma’lum qilinishicha, bugunga qadar P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejida 3300 o‘quvchi tahsil olib kelgan. O‘quvchilardan 57 nafari ichki ro‘yxatga olingan. 2 nafari tuman Ichki ishlar boshqarmasi ro‘yxatiga kiritilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eksklyuziv! Sobiq direktor Jasurbek Ibrohimov vafoti haqida nima deydi?