23:08 / 09.06.2017
6 381

Ostonada tarixiy qaror qabul qilindi

Ostonada tarixiy qaror qabul qilindi
Ostonadagi sammit ishtirokchilari bir ovozdan sammitda tarixiy qaror qabul qilindi, deb hisoblaydi. Bu haqda Tengrinews.kz'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Sammitdagi eng muhim voqea Shanxay hamkorlik tashkiloti tarkibiga Hindiston va Pokistonning qo‘shilishi bo‘ldi. Bugungi kungacha bu davlatlar tashkilotda kuzatuvchi maqomida edi.

"Ostonada tashkilotimiz tarixidagi muhim hodisa ro‘y berdi. Biz ikki yangi a’zoni qabul qildik - Hindiston Respublikasi va Pokiston Respublikasining tashkilotga a’zo bo‘lishi jarayoni yakunlandi. Shu tariqa, Shanxay hamkorlik tashkiloti amalda dunyo siyosati va dunyo iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydigan bo‘ldi", - degan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.

Qozog‘iston prezidenti o‘z xalqi nomidan Hindiston va Pokistonni tashkilot a’zosi bo‘lgani munosabati bilan tabriklagan.

"Sizning xalqlaringiz - tashkilotning to‘la huquqli a’zolaridir. Ishonamanki, bu Shanxay hamkorlik tashkiloti rivojidagi yangi davrni boshlab beradi, tashkilotning salohiyati ortadi, xalqaro maydondagi nufuzi oshadi", - deya Ostona sammiti ishtirokchilariga yuzlangan Qozog‘iston prezidenti.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Hindiston va Pokistonni ShHT a’zoligiga qabul qilish jarayonini tugatish va ularga ShHTga a’zo davlat maqomini berish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ostonada tarixiy qaror qabul qilindi