Islandiyada yashovchi musulmonlar 22 soat davomida ro‘za tutishga majburlar. "Anadolu" agentligiga tayanib Kun.uz nashri shu haqidagi ma’lumoti bilan bo‘lishdi.
1500 nafar musulmon istiqomat qiluvchi mamlakatda iftor (og‘iz ochish) deyarli yarim tunga to‘g‘ri keladi, imsak (og‘iz yopish) esa - tungi soat 2 atrofida.
Reykyavik masjidlarida butun Ramazon davomida tunda iftorlik o‘tkaziladi. Masjid vazifasini ham o‘tovchi Islandiya islom fondi binosida yarim tunga yaqin yuzlab musulmonlar to‘planishadi. Soat 23:48da azon aytiladi, shundan so‘ng musulmonlar suv ichib, vaqtni o‘tkazib yubormaslik uchun darhol namoz o‘qishga kirishishadi. Namozdan keyin birgalikda iftorlik qilinadi. Unda mamlakatga tashrif buyurgan migrantlar ham qatnashishadi.
"Ro‘za vaqti qancha davom etishiga qaramay, musulmonlar unga amal qilishga qiynalishmaydi, zero ular birga yig‘ilishadi. Bu erda biz bir oiladekmiz. Ertalab musulmonlar shu erga kelishadi, taomlar tayyorlashadi, Qur’on tilovat qilishadi, namoz o‘qishadi. Ular iftor vaqti haqida o‘ylashmaydi hatto. Faqat dastlabki uch kun qiyinroq kechadi, keyin esa o‘rganib ketasiz", - deydi asli marokashlik imom Abulaziz Uvloniy.
Islandiyada to‘rt yildan buyon yashab kelayotgan pokistonlik Imron Husayn esa mamlakatdagi musulmonlar ro‘za vaqti necha soat cho‘zilishiga qaramay, unga amal qilishni yaxshi ko‘rishlarini aytdi.
Islandiya musulmonlar eng kam bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. U erda jami 1500 ga yaqin musulmon aholi yashaydi. Bu aholi umumiy soni (330 ming kishi)ning 0,5 foizini tashkil qiladi. Mamlakatdagi musulmonlarning aksariyati migrantlardir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi