Davlat soliq organlari tomonidan o‘tgan hafta davomida joylarda nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminalidan foydalanmaslik hamda tushumlarni bank kassalariga to‘liq topshirmaslik holatlari bo‘yicha 436 ta tekshirish o‘tkazilib, ularning barchasida qoidabuzarlik holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Qalampir.uz sayti.
Andijon viloyati Xonobod shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Farog‘at orzu umidi” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan kvitansiyalardan foydalangan holda aholidan jami 22 million 328 ming 648 so‘m naqd pul olinib, bank muassasasiga topshirilmagani aniqlandi.
Ana shunday huquqbuzarlik holati shu shaharda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Imkon baraka samara” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatida ham kuzatilgan. O‘tkazilgan nazorat tadbirida ushbu shirkat tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tmagan kvitansiyalardan foydalanib kelinayotgani, g‘aznada 13 nafar fuqarodan olingan 2 million 643 ming so‘m evaziga yozilgan davlat ro‘yxatidan o‘tmagan kvitansiyalar borligi hamda faoliyati davomida aholidan jami 29 million 2 ming so‘m naqd pulni yig‘ib olinib, bank muassasasiga topshirilmagani ma’lum bo‘ldi.
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor S.J.ga qarashli shoxobchada tadbirkor tomonidan xaridorga 8 ming so‘mga nazorat-kassa mashinasi cheki berilmagani va nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilinmagan 349 ming so‘m naqd pulning borligi hamda naqd pulga nisbatan plastik kartochkaga 18 ming so‘m ustama haq qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Ana shunday huquqbuzarlik Sirdaryo tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Shodlik” (nomi o‘zgartirilgan) xususiy korxonasida ham kuzatilgan. O‘tkazilgan nazorat tadbirida ushbu shoxobchada savdodan tushgan 158 ming so‘m naqd pul borligi va nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilinmagani aniqlangan.
Ana shunday huquqbuzarlik Yakkabog‘ tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor N.J.ga qarashli savdo do‘konida tadbirkor tomonidan xaridorga 40 ming so‘mga nazorat-kassa mashinasi cheki berilmagani aniqlandi. Shuningdek, shoxobcha g‘aznasida nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilinmagan 429 ming so‘m naqd pulning borligi ma’lum bo‘ldi.
Ana shunday huquqbuzarlik Sariosiyo tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Saodat Jumaevaga qarashli shoxobchada ham kuzatilgan. O‘tkazilgan nazorat tadbirida ushbu shoxobchada savdodan tushgan 142 ming so‘m naqd pul borligi aniqlangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumani Quruvchilar ko‘chasida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor Sh.M. xaridorlardan tushgan naqd pulga NKM cheki bermaganligi, bundan tashqari, faoliyat boshlaganidan buyon inkassasiya xizmati bilan shartnoma tuzilmaganligi hamda savdo shoxobchasida NKM va to‘lov terminali o‘rnatilmagani ma’lum bo‘ldi.
Nukus shahridagi dehqon bozori hududidagi yakka tartibdagi tadbirkor U.A. tomonidan savdodan tushgan 745 000 so‘mlik naqd pulning NKMdan o‘tkazilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Sangzor mevalari” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli savdo shoxobchada o‘tkazilgan nazorat tadbirida, ushbu shoxobcha sotuvchisi tomonidan xaridorga 28,0 ming so‘mga nazorat-kassa mashinasi cheki berilmaganligi va nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilinmagan 691,0 ming so‘m naqd pulning borligi ma’lum bo‘ldi.
Ana shunday huquqbuzarlik Jizzax shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor S.E.ga qarashli savdo shoxobchasida ham kuzatilgan. O‘tkazilgan nazorat tadbirida ushbu shoxobchada savdodan tushgan 152,0 ming so‘m naqd pul borligi aniqlangan.
Buxoro viloyatining Romitan tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor F.H.ga qarashli shoxobchada tadbirkor tomonidan xaridorga 40 ming so‘mga nazorat-kassa mashinasi cheki berilmaganligi va nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilinmagan 70 ming so‘m naqd pullarning borligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, Buxoro tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor D.A.ga qarashli shoxobchada o‘tkazilgan nazorat tadbirida ushbu shoxobchada savdodan tushgan va nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilinmagan 162 ming so‘m naqd pul borligi ma’lum bo‘ldi.
Shofirkon tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor A.A.ga tegishli savdo do‘konida o‘tkazilgan soliq tekshiruvi davomida sotuvchining xaridorga 20 ming so‘mga xarid cheki bermaganligi, 1 tonna qurilish sementini plastik kartochkada sotishda 20 ming so‘m ustama qo‘ygani aniqlandi.
Ayni paytda aniqlangan ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi