12 208
Toshkentdagi 2-sonli akademik liseyda “Oliyjanob inson fazilatlari” o‘quv kurslari tashkil etildi
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirishda ularda oliyjanoblik fazilatlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun o‘quvchilarda oliyjanoblik fazilatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risidagi ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘quvchilar ongiga chuqur singdirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi 2-sonli akademik lisey o‘quvchi va o‘qituvchilari o‘rtasida “Oliyjanob inson fazilatlari”, “Kachestva blagorodnogo cheloveka” nomli mavzuda besh kunlik o‘quv kurslari tashkil etildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar orasida kitobxonlikni ommalashtirish, oliyjanoblikni targ‘ib qiladigan adabiyotlar, gazeta va jurnallar haqida ma’lumotlar bilan tanishtirishdir. Akademik lisey va kasb-hunar muassasalari o‘quvchilarida oliyjanoblik fazilatlarining mazmuni, mohiyati va ahamiyati to‘g‘risidagi ko‘nikmalarni shakllantirish, mehr-muruvvat, o‘zaro hurmat, hamjihatlik, bag‘rikenglik kabi axloqiy qadriyatlarni tarbiyalashdan iboratdir.
O‘quv kurslariga soha mutaxassislari, faxriylar, nuroniylar, shoirlar, yozuvchilar, san’atkorlar va boshqa ziyolilar, ota-onalarni jalb etgan holda hayotiy va jonli o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan bugun lisey o‘quvchilari bilan badiiy asarlarni mutolaa qilishga qiziqtirish hamda oliyjanoblik his-tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Kitoblar dunyosiga sayohat” uyushtirildi.
Bundan tashqari akademik lisey o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasida “Oliyjanoblik nima?”, “Chto takoe blagorodstvo?” mavzularida insholar tanlovi e’lon qilindi. Tanlov natijalariga ko‘ra 1-o‘rin sohibiga noutbuk, 2-o‘rin sohibiga - planshet, 3-o‘rin sohibiga uyali aloqa telefoni hamda g‘olib o‘qituvchi va ota-onalarga kitoblar sovg‘a qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi