12:35 / 12.06.2017
6 103

Tramp Mirziyoyevdan o‘rnak olib, oddiy odamlar orasiga kiryapti

Tramp Mirziyoyevdan o‘rnak olib, oddiy odamlar orasiga kiryapti
AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Jersi shtatida joylashgan va o‘ziga tegishli bo‘lgan golf klubda o‘tkazilgan to‘y marosimiga kirib keldi. Uning kutilmagan tashrifi yosh kelin-kuyovlarni va mehmonlarni hayratga soldi. Bu haqda “CNN” agentligiga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, prezidentning marosimga kirib kelganini hech kim sezmagan. Soqchilarning birdaniga ko‘payib ketib, davlat rahbarini qurshab olganlaridan so‘ng, barchaning diqqatini jalb qilgan.

Donald Tramp marosimga jilmaygan holda kirib kelar ekan, kelin va kuyov bilan ham suratga tushdi. To‘yga tashrif buyurgan mehmonlar kutilmagan mehmonning tashrifini mobil telefon kameralariga muhrlashdi va ijtimoiy tarmoqlar orqali bu harakat haqiqiy tuhfa bo‘lganligini yozib qoldirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tramp Mirziyoyevdan o‘rnak olib, oddiy odamlar orasiga kiryapti