Shayxontohur tumanida 1070 tup ta’qiqlangan ekinlarni yetishtirgan shaxs aniqlandi

Shayxontohur tumanida 1070 tup ta’qiqlangan ekinlarni yetishtirgan shaxs aniqlandi
2017 yilning 10 iyun kuni, taxminan soat 09:30 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori-2017» tadbiri davomida, Shayxontohur tumani hududida, Abror Anvarovich Raxmatullaev uyining xovlisida qonunga xilof ravishda 1070 tup opiy ko‘knori giyohvandlik vositasini ekib, yetishtirayotganligi aniqlangan, deb xabar beradi Poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (ta’qiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Shayxontohur tumanida 1070 tup ta’qiqlangan ekinlarni etishtirgan shaxs aniqlandi
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar