23:49 / 13.06.2017
9 608

Shavkat Mirziyoyev: Kerak bo‘lsa, Konstitusiyani o‘zgartiramiz (​Video)

Shavkat Mirziyoyev: Kerak bo‘lsa, Konstitusiyani o‘zgartiramiz (​Video)
Xabar berganimizdek, bugun, 13 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning hozirgi ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videovelektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.

Unda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, Bosh vazir, Sudyalar oliy kengashi a’zolari, Oliy sud raisi, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, viloyat, tuman va shahar sudlari sudyalari ishtirok etdi, deb yozmoqda «Qalampir.uz» sayti.

Davlat rahbarining aytishicha, qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat qilib tursa, oddiy xalq dodini kimga aytsin. Prezident aynan shu sohadagi ishlarni rivojlantirish va takomillashtirish uchun oxirigacha borishini ta’kidladi.

"Sudyalar oliy kengashini tashkil qilishning o‘zi bo‘lmadi. Oldingidek nomiga to‘rtta odam o‘tirvolib, u bo‘ladi, bu bo‘lmaydi, degan gaplar ketmaydi endi. Shu tarzda ishlab ko‘ramiz, agar bu ham oqlamasa, undan-da qattiq choralar ko‘rishga majburmiz. Kerak bo‘lsa, Konstitusiyani o‘zgartiramiz. Sud xalqparvar bo‘lmaguncha oxirigacha etkazamiz. Sud ostonasiga qadam qo‘ygan xalqimiz davlatga do‘st bo‘lib chiqishi kerak. Hukm qabul qilinganda ham, odamlar u hukm adolatli ekaniga ishonishi kerak. Bu sizlarning vazifangiz", dedi Prezident o‘z so‘zida.

"Fuqarolar adolatni qaror toptirishni o‘ylab, oylab, yillab sarson-sargardon bo‘lib, najot izlab, Prezidentga murojaat qilmoqda. Shuning o‘zi sudlar faoliyatiga xalq tomonidan berilayotgan xolisona baho emasmi?!", deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: Kerak bo‘lsa, Konstitusiyani o‘zgartiramiz (​Video)