2017 yilning 12 iyun kuni taxminan soat 03:30 larda muqaddam sudlangan Davron Mirzaxuja o‘g‘li Abdullaev o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Olmazor tumani hududida fuqaro Abdurashid Umarovning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bahosi 4.000.000 so‘mlik «Roison» rusumli televizorini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtda, ushbu hududda tungi xizmatni olib borayotgan Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan. Bu haqda «Toshkent shahar IIBB» matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda uy-joyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismi xar qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi